Eron Yevropa energiya ehtiyojining katta qismini qoplashi mumkin
Yadroviy kelishuvga erishilsa, Tehron Yevropaning energiyaga bo‘lgan ehtiyojidan salmoqli qismini qondira oladi. Bu haqda matbuot anjumanida Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoni Chafiy ma’lum qildi.
“Albatta, Yevropa bu borada bizning yordamimizga muhtoj”, deyiladi bayonotda.
Eron TIV vakili juma kuni Tehron Vashingtonning yadroviy kelishuvni qayta tiklash xususidagi fikrini Yevropa Ittifoqi koordinatori Enrike Morga yetkazganini bildirgan edi.
O‘zA