Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinida jasad topildi
AQSh bilan yuzaga kelgan vizaga doir muammolar sababli Eron terma jamoasi a’zolari Meksikaning Tixuana shahrida turnirga tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
Eron milliy terma jamoasi atrofida noxush va xavotirli xabarlar tarqalishda davom etmoqda. Bu safar jamoa bazasi yaqinida jinoiy holat qayd etildi — Eron termasining mashg‘ulot maydoni ro‘parasida joylashgan supermarket avtoturargohidagi mashinalardan birining yukxonasidan yashirib ketilgan jasad topildi.
AQSh bilan yuzaga kelgan vizaga doir muammolar sababli Eron terma jamoasi a’zolari Meksikaning Tixuana shahrida qo‘nim topishgan edi. Ispaniyaning Sport.es portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mahalliy politsiya ushbu mudhish voqea tafsilotlarini o‘rganish va surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Eronliklar kelayotgan dushanba kuni jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlarini Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishlari kerak. Shundan so‘ng, guruh bosqichi doirasida ularni Belgiya va Misr terma jamoalariga qarshi bahslar kutmoqda.