Eron delegatsiyasi Vankuverdagi FIFA Kongressida ishtirok etmaydi
Eron terma jamoasining mundialda ishtirok etishi hali hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Eron futbol federatsiyasi vakillari payshanba kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan FIFA Kongressi yig‘ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Avvalroq, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj va bosh kotib Hidoyat Mombeyning Osiyo futbol konfederatsiyasi va FIFA Kongressida ishtirok etish uchun Kanadaga borgani, biroq Kanada tomonidan bo‘lgan to‘siqlar sabab Eronga qaytishga majbur bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasining mundialda ishtirok etishi hali hamon so‘roq ostida qolmoqda.