Eriksen “Real”ning yangi a’zosi...mi?!
El Chiringuito telekanalining xabar berishicha, Angliyaning “Tottenhem” klubi a’zosi Kristian Eriksen 1 iyun kuni Madridda o‘tkaziladigan UEFA Chempionlar ligasi finalidan keyin “Real Madrid” futbolchisi sifatida keng ommaga tanishtiriladi.

27 yoshli daniyalik xavbek allaqachon “qirollik klubi” bilan shaxsiy bitim shartlarini kelishib bo‘lgan. Eriksenning “shporlar» bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.
Eriksen londonliklar tarkibiga 2013 yilning yozida Gollandiyaning “Ayaks” klubidan kelib qo‘shiladi. O‘shanda daniyalik futbolchining transfer narxi 13,5 mln. yevroni tashkil qilgan edi.
Futbolchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining 35ta o‘yinida maydonga tushdi hamda 8ta gol urib, yana 12ta golga hammualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, ChLning finali 1 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Angliyaning ikki vakili – “Tottenhem” hamda “Liverpul” o‘zaro kuch sinashadi.