Eng xavfsiz shahar nomi e’lon qilindi
Dunyoda eng xavfsiz shaharlar reytinggi yangilandi.
The Economist Intelligence Unit ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda ushbu ro‘yxatni 82,4 balli ko‘rsatkich bilan Kopengagen shahri boshqarmoqda.
Ekspertlar reytingni tuzib chiqishda raqamli ma’lumotlar xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, infratuzulma, atrof-muhit va shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatkichlarni hisobga olgan. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng xavfsiz shaharlar ro‘yxatining yuqori uchligiga Daniya poytaxtidan tashqari Toronto (82,2 ball) va Singapur (80,7 balla) shaharlari ham kiritilgan.
Shuningdek, Sidney (Avstraliya), Tokio (Yaponiya), Amsterdam (Niderlandiya), Vellington (Yangi Zelandiya), Gonkong (Xitoy), Melburn (Avstraliya) va Stokgolm (Shvetsiya) shaharlari xavfsiz shaharlar ro‘yxatidan joy olgan.
Umuman, xavsizlik nuqtai-nazaridan baholanadigan bo‘linsa ahvol hammadan ko‘ra Sidneyda yaxshi ekan, sog‘liqni saqlash bo‘yicha esa hech bir shahar Tokioga tenglasha olmagan. Infratuzulma xavfsizligi bo‘yicha yetakchilik Gonkong shahriga berildi, shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha birinchi o‘ringa Kopengagen munosib ko‘rilgan. Atrof-muhit xavfsizligi bo‘yicha esa Vellington barcha shaharlarni ortda qoldirgan.