Eng uzun koʻprik qurib bitkazildi
Umumiy xarajatlari 20 milliard dollarni tashkil qiluvchi koʻprik Gonkong va Xitoyning Chjuhay shahridagi Makao bandargohini bogʻlaydi. Shu hafta oxirida ochilishi kutilayotgan dunyodagi eng uzun koʻprikning qurilishiga 9 yil sarflandi.
Umumiy xarajatlari 20 milliard dollarni tashkil qiluvchi koʻprik Gonkong va Xitoyning Chjuhay shahridagi Makao bandargohini bogʻlaydi. Shu hafta oxirida ochilishi kutilayotgan dunyodagi eng uzun koʻprikning qurilishiga 9 yil sarflandi.Uning umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil qiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, ushbu koʻprik mamlakat boʻylab sayohatlarda yoʻl uchun sarflanadigan uch soatdan koʻproq vaqtni tejashga xizmat qiladi.
Seshanba kuni Chjuhayda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan koʻprikning ochilish marosimida Xitoy prezidenti Si Szin Pin hamda Gonkong va Makao oliy mansabdor shaxslari qatnashishi kutilmoqda.