Eng namunali yosh oilalar aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Nukusda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “Eng namunali yosh oila” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning tumanlar va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 17 namunali oila ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilari “Oila tarkibi va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish”, “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida oilaviy an’ana va qadriyatlar bo‘yicha qisqa videorolik tayyorlash, “Vatan – mening oilamdan boshlanadi” shiori ostidagi shartlari bo‘yicha o‘z ijodiy mahoratini namoyish etdi.
[gallery-29457]
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA