Eng kuchlilar g‘olib bo‘ldi
Buxoroda 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 450 dan ziyod yosh polvon g‘oliblik uchun gilamga tushdi.
Bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifasida 27 nafar o‘g‘il va qiz shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
– Mamlakatimizda sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida belbog‘li kurash ham jadal ommalashib bormoqda, – deydi belbog‘li kurash bo‘yicha Buxoro viloyati bosh murabbiysi Sohib Qosimov. – Mart oyida Olmaliq shahrida 16-17 yoshli o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mamlakat chempionatida vakilimiz Mehriddin Abdullayev birinchi o‘rinni egallab, jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Bugungi musobaqada uch nafar polvonimiz g‘oliblar safidan o‘rin olgani viloyatimizdan munosib o‘rinbosarlar yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.