Eng kuchli taekvondochilar saralandi
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasiga qarashli “Universal“ sport saroyida bolalar, kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasiga qarashli “Universal“ sport saroyida bolalar, kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz taekvondo (WT) assotsiatsiyasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqa terma jamoa zaxirasini iqtidorli sportchilar bilan to‘ldirish, yoshlar o‘rtasida taekvondo sport turini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Zafarbek Karimov, Shahzod Ibragimov, Omonjon Otajonov, Mark Xvan, Eldor Muxtorov, Maksim Nim, Sabina Qahramonova, Anastasiya Globova, E’zoza Mahmudova hamda Gulnoza Mahmudjonova o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bolalar va kadetlar o‘rtasida Shahriyor Bekinmatov, Mirdiyor Mirayimov, Shohjahon Ahmedov, Farhod Mustafoev, Aziz Toyirov, Shohjahon Xolmuratov, Javlon Masurov, Abdulloxo‘ja Odilxo‘jaev, Valeriya Xegay, Laylo Hasanova, Sofiya Xan, Shirin Alimova, Mubina O‘ktamova, Elzoda Xatamova, Faina Xakimolievaga teng keladigani topilmadi.