Energetika tizimiga 1,6 milliard so‘mlik zarar yetdi
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Unda aniqlanishicha, Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi «M. S. S.» MCHJga qarashli metall mahsulotlari sexida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Bunda sexning elektr hisoblagichlari o‘zboshimchalik bilan bir necha marotaba almashtirish orqali elektr energiyasining hisob-kitob ishlari sun’iy ravishda kamaytirilgan hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga berilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy holat sababli energetika tizimiga 1,6 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Ayni paytda qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
O‘zA