Elektromobil yangi avlodi ixtirochisi (+video)
O‘zbek yosh ixtirochisi Jumanazar Abduroziqov vodorodda ishlaydigan yangi elektromobilni yaratishga yaqin turibdi. U Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritishi barobarida o‘zi ilmiy tadqoqtlarini ham olib boradi. Besh yillik izlanishlar natijasida yangi qurilma yaratildi. E’tiborli tomoni yosh tadqiqotchi faqat Toshkent davlat texnika universitetining bakalavr bosqichini tamomlagan.
- Metanoldan elektr toki ajratib olish uchun reformerni ko‘rsatmoqchiman, -deydi yosh ixtirochi Jumanazar Abduroziqov. – Bu O‘zbekistondagi elektromobillarning litiyli ionli batareykalarining o‘rnini bosishi mumkin. Vodorodda yuradigan batareykalar bugun dunyoda keng tarqalgan. Faqat vodorodda yuradigan avtomobillar qurilamalarida bosim yuqori bo‘lgani uchun bu ommaviylashmadi. Biz bunga xavfsiz yechim topdik. (davomi videoda)
«O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risida»dagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida kelgusi yillarda davlatimiz taraqqiyotida yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Shu bois Milliy ofisga Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarini taklif etish yaxshi an’anaga aylangan. Zero, ular orasida ham kelgusida Jumanazar kabi yosh olimlar chiqsa ajabmas. Shu jumladan, strategiyada илмий, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Umumiy hisobda yaqin yillar ichida илм-fan va инноvaцияларни rivojlantirish uchun 1,5 milliard dollar mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WNXAy2wFtx4?si=arnjwYxmKX7RjH39" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov,
Nishonboy Abduvoyitov,
Anvar Ahmedov,
O‘zA