Eldor Shomurodov Ispaniyaga yoʻl oladi
Xabaringiz bor, hujumchimiz Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubida toʻp surmoqda.
Xabaringiz bor, hujumchimiz Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubida toʻp surmoqda. Jamoa bugun oʻzining davralar oraligʻidagi uchinchi xorijiy yigʻinini oʻtkazish uchun Ispaniyaga joʻnab ketadi.
Klub rasmiy saytidan xabar berishlaricha, “Rostov” Ispaniyada jami 4 ta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Valeriy Karpin shogirdlari dastlab, 8 fevral kuni Shvetsiyaning “Estersund” klubiga qarshi maydonga tushsa, 12 va 17 fevral kunlari Norvegiyaning ikki klubi – “Volerenga” hamda “Lillestr” bilan oʻynaydi.
Yigʻin doirasidagi soʻnggi nazorat uchrashuvi esa 18 fevral kuni Latviyaning “Ventspils” klubiga qarshi oʻtkaziladi.