Ekstremistik taşkilotlarda iştirok etiş 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi
Davlatimiz rahbari 2026-yil 2-noyabrda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga köra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan, qirğin solişga yoki fuqarolarni zörlik bilan köçirib yuborişga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan materiallarni tayyorlaş yoki ularni tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarkatiş yoxud namoyiş etiş maksadida tayyorlaş, saklaş huquqbuzarlik aşyosini musodara qilib, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” sözlari “ekstremizm” sözi bilan almaştirildi.
“Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, Adliya vazirligi tomonidan Ekstremistik taşkilotlarning, materiallarning (manbalarning) elektron reyestri yuritiladi. Elektron reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi va hamma tanişib çiqişi uçun oçiq hisoblanadi.
Elektron reyestrga ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati töxtatib turilgan taşkilotlar, ekstremistik taşkilot deb topilgan taşkilotlar; ekstremistik material deb topilgan materiallar, telekommunikatsiyalar yoki Internet tarmoğidagi tizimli ravişda (1 yil mobaynida 2 va undan ortiq marotaba) ekstremistik materiallar joylaştirilgan va tarqatilgan elektron manbalar kiritiladi.
Material (manba)ni ekstremistik deb topiş töğrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi davlat organlari tomonidan Boş prokuraturaga taqdim etiladi. Iltimosnomaga material (manba)da ekstremistik material mavjud ekanini tasdiqlovçi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Boş prokuratura hujjatlarning asosliligini tekşiradi. Rozi bölgan taqdirda, material (manba)ni ekstremistik deb topiş töğrisidagi ariza Boş prokuror yoki uning örinbosari tomonidan Oliy sudga kiritiladi.
Oliy sud tomonidan material (manba)ni ekstremistik deb topiş qonunda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
N.Abduraimova,
ÖzA