Ehtiyojmand xotin-qizlarga 22 million sömgaça ijtimoiy yordam körsatiladi
Mamlakatimizda kambağallikni qisqartiriş, aholi farovonligini oşiriş va xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, oğir turmuş şaroitiga tuşib qolgan, kömakka va suyançga muhtoj ayollarni tizimli qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilgan «Ayollar daftari» jamğarmasi bugungi kunda minglab oilalar rözğoriga qut-baraka va umid olib kirmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bu boradagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqdi.
Mazkur hujjat bilan «Ayollar daftari» orqali körsatiladigan ijtimoiy yordam kölami nafaqat kengaytirildi, balki ehtiyojmand opa-singillarimizning salomatligini tiklaş va uy-joy şaroitlarini yaxşilaş bilan boğliq köplab byurokratik tösiqlar olib taşlanib, mablağ ajratiş tartiblari maksimal darajada soddalaştirildi.
Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagilarni maʼlum qildi:
–Mazkur farmoniga muvofiq, “Ayollar daftari” jamğarmasi hisobidan körsatiladigan ijtimoiy yordamning yangi yönalişlari joriy etildi hamda ularni ajratiş tartiblari soddalaştirildi. Endilikda, xotin-qizlarga uy-joyini taʼmirlaş uçun BHMning 50 baravarigaça, yaʼni 22 million sömgaça ijtimoiy yordam körsatiladi.
Xöş, kimlar uşbu yordamdan foydalanişi mumkin?
Bu yordam ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, oilaning har bir aʼzosiga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining ikki baravaridan oşmaydigan oilalarga ajratiladi.
Misol uçun, oila 5 nafar aʼzodan — er-xotin va 3 nafar voyaga yetmagan farzanddan iborat. Oilaning oylik jami daromadi 7 million sömni taşkil etadi. 7 million sömni 5 nafar oila aʼzosiga taqsimlaganda, har bir kişiga 1,4 million sömdan töğri keladi. Minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravari 1 million 430 ming sömni taşkil etgani sababli, mazkur oila daromad mezoni böyiça uşbu yordamni oliş huquqiga ega bölişi mumkin.
Yordam ajratiş tartibi qanday?
Uy-joyni taʼmirlaşga haqiqiy ehtiyoj «mahalla yettiligi» tomonidan joyiga çiqqan holda örganiladi. Bunda uy-joyning fuqaroning öziga, turmuş örtoğiga yoki u bilan birga yaşovçi oila aʼzolaridan biriga mulk yoxud boşqa qonuniy huquq asosida tegişli ekani inobatga olinadi. Örganiş natijalari böyiça tegişli dalolatnoma rasmiylaştiriladi.
Şuningdek, tuman (şahar) ştablari ajratilgan mablağlar doirasida daromad mezoniga mos kelmaydigan, biroq ijtimoiy reyestrga kiritilmagan bölsa-da, kambağallikka tuşiş xavfi mavjud bölgan hamda boşqa ehtiyojmand oilalarga ham yordam körsatiş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin.
Qayerga murojaat qiliş kerak?
Uşbu ijtimoiy yordamdan foydalaniş uçun yaşaş joyingizdagi mahalla xotin-qizlar faoliga ariza bilan murojaat qilişingiz mumkin.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA