Ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida saxovatpesha yurtdoshlarimiz tashabbusi bilan tuman hokimi Alisher Fayzilloyev boshchiligida tuman prokurori, mas’ullar ishtirokida tumandagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, og‘ir turmush tarziga tushib qolgan oilalar holidan xabar olindi.
Xususan, mas’ullar “Shodlik” MFYda yashovchi Inobat Komilova, “Guliston” MFYdan Fotima Qilicheva, Bog‘iafzal mahallasidan Dilorom Hamroyeva, Tursunoy Salimova, Hakim Abdullayev, Zamira Yo‘lmatova, “Shibirg‘on” MFYdan Dilshoda To‘xtamurodova, Halovat Ravshanova, Norjon Axtamova, pashmonlik Zilola Muxtorova, Aziza Qurbonova, Ra’no Musayeva xonadoniga bordi.
[gallery-15002]
Shuningdek, Shibirg‘on hududidan saylangan tuman Kengashi deputati D. Ahmedova ham mas’ullar hamrohligida shibirg‘onlik ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.
Oilalarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyojdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar topshirildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA