Dzyudochilarimiz yana shohsupa to‘rida
Dominikan Respublikasi poytaxti Santo Domingo shahrida harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Chempionatda bugunga qadar dzyudochilarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, 81 kg vazn toifasida Muso Sobirov musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, 100 kgdan ortiq vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov va Bekmurod Oltiboyev oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada bugun vakillarimiz jamoaviy bahslarda ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA