Dzyudochilarimiz Avstriyaga yo‘l oldi
Kuni kecha Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a“ turnirida muvaffaqiyatga erishgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi Avstriyaning Lins shahrida 52 ta davlatning 430 nafardan ziyod sportchilari ishtirokida o‘tadigan Gran-Pri turkumidagi xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun, 5 mart kuni erta tongda mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Avstriyaga yo‘l oldi. Avstriya tatamilarida kechadigan shiddatli bellashuvlarda "Parij-2024" Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev, mahoratli dzyudochilarimiz Dilshodbek Baratov, Murodjon Yo‘ldoshev, Shohruhxon Baxtiyorov, Mardon Ravshanov, Irisxon Qurbonboyeva, Laziza Haydarova g‘oliblik uchun kurash olib boradi.


Bellashuvlar 7-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA