Dzyudo: Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) joriy yil Amman (Iordaniya) shahrida o‘tkazilishi belgilangan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentga ko‘chirilganini e’lon qildi.
Chempionatda qatnashadigan sportchilar, murabbiy va mutaxassislarning salomatligi, xavfsizligini ta’minlash, tadbirlarni xavfsiz, qulay va barqaror muhitda o‘tkazish Xalqaro dzyudo federatsiyasining eng ustuvor vazifasi ekanidan kelib chiqib, mintaqadagi siyosiy vaziyat hisobga olingan holda ushbu qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Shu tariqa, joriy yilning 19-22-noyabr kunlari yosh dzyudochilar Toshkentda jam bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev, ЎзА