Dzyudo: raqobat kuchli joyda munosiblar saralanadi
Poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Kecha o‘g‘il bolalar o‘rtasida ikkita, qizlar o‘rtasidagi 3 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Shiddatli bellashuvlar natijasida o‘z vaznlarida Kamoliddin Baxtiyorov, Boburjon Vajdiyev, Halima Qurbonova, Sita Qadamboyeva, Shukurjon Aminova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishib kelayotgan Dilshod Baratov, Muhriddin Tilovov, Gulnur Muratbayeva kabi sportchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu, har bir vaznda mamlakatimiz dzyudochilari o‘rtasida raqobat kuchayganligidan dalolat bermoqda. Raqobat kuchli joyda esa munosiblar saralanadi.

Bugun, 24 noyabr kungi bellashuvlarda erkaklar o‘rtasida 73 va 81, ayollarda 63 va 70 kilogramm vazn toifalarida O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.
E’tiborlisi, bugungi bahslarda sanalgan Murodjon Yo‘ldoshev, Jaloliddin Boynazarov, Hikmatulloh To‘rayev, Obidxon No‘’monov, Shahram Ahadov, G‘iyosjon Boboyev, Ramazon Allaberdiyev kabi yurtimizning eng kuchli dzyudochilari qatori o‘nlab yoshlar kurash olib boradi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA