Tojikiston va Eron o‘zaro vizani bekor qildi
Tojikiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib joriy qilindi. Bundan buyon ikki mamlakat fuqarolari chegarani havo va quruqlik orqali, shuningdek uchinchi davlat orqali kelganda ham vizasiz kesib o‘tishi mumkin.
– Mazkur rejim 90 kun ichida 30 kungacha boshqa davlatda qolish imkonini beradi, – deyilgan xabarda.
S.Rahimov, O‘zA