DXX kubogi uchun futbol musobaqasining saralash bosqichi davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida Yoshlar kuni doirasida qator sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Namangan futbol maktabida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» uchun futbol musobaqasining tuman saralash bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tmoqda.
Musobaqada tumandagi 28 ta mahalla jamoasi ishtirok etib, hududlar kesimida o‘zaro kuch sinashmoqda. Bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.
Uchrashuvlarni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va hamkor tashkilotlar rahbarlari kuzatib bordi. Ular yosh futbolchilar bilan muloqot qilib, ishtirokchilarga omad tiladi.
[gallery-29312]
Ta’kidlanganidek, mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA