DXM choʻllardagi aholi muammolarini qanday bartaraf etmoqda?
Koʻkpatas va Avangardning nomi koʻpchilikka maʼlum emasdir, ammo Navoiy viloyati markazidan 650 kilometr, Uchquduq tuman markazidan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan bu manzil chorvadorlar uchun ona zamin-u, ota makon.
Koʻkpatas va Avangardning nomi koʻpchilikka maʼlum emasdir, ammo Navoiy viloyati markazidan 650 kilometr, Uchquduq tuman markazidan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan bu manzil chorvadorlar uchun ona zamin-u, ota makon.
Hudud ovullarida aholi chorvachilik ortidan kun kechiradi, choʻl sharoitida. Koʻkpatas va Avangard ovullari aholisining tirikchiligi choʻlda yastangan yaylovlar ortidan keladi.

Bugun bu hududlarda 1045 ta xonadonda aholi yashaydi. Uchquduq tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari mazkur ikki manzilda odamlar hayoti va muammosiga yechim topish uchun ovulda sayyor xizmatni tashkil etdi.
Damas avtoulovida xonadonma-xonadon kezib, ikki hududda xalqning davlat xizmatiga boʻlgan talabi doirasida 38 ta murojaatiga davlat xizmati koʻrsatildi, joyida sayyor xizmat koʻrsatildi.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan Saylov kodeksi va qonunchiligidagi oʻzgarishlar yuzasidan targʻibot tadbirlarini ham oʻtkazdilar.
Choʻlda chorvachilikka ixtisoslashgan oilaviy korxonalarni tashkil etish, tuya, qoramol boqish, parrandachilik, yaʼni tuyaqushi parvarishlash boʻyicha tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, ekoturizm va boshqa sayyohlik xizmatlari yuzasidan biznesni tashkil etish borasida huquqiy tushunchalar berildi. Aholiga hududlardan turib davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish imkoniyatlari ham tushuntirildi.
Umarqul Xudoyqulov,
Uchquduq tumani DXM direktori