Dushanbeda tarixiy binolar buzilishi davom etmoqda
Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan asrning 20- va 30-yillariga oid tarixiy binolar buzilishi davom etmoqda.
Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan asrning 20- va 30-yillariga oid tarixiy binolar buzilishi davom etmoqda.
“Aynan shu binolar bilan Tojikiston poytaxtining tarixi boshlangan edi. Shaharda atigi 30 ta tarixiy bino qolgan. Mahalliy aholi va o‘lkashunoslar uylarning buzilishiga qarshi chiqmoqda. Ulardan biri tarixchi – o‘lkashunos G‘afur Shermatovning so‘zlariga qaraganda, Tojikiston poytaxtidagi binolar boshqa hech qaerda yo‘q – ayrim uylar faqat Tojikiston poytaxti uchun loyihalashtirilgan. Yangi qurilishlar aniqlik bilan olib borilmoqda va zamonaviy shaharsozlik talablariga javob bermaydi, deydi tarixchi. Ko‘p xonali uylar biznes-markazlar, idoralar va hukumat binolari oldida barpo etilmoqda. “Barcha shaharlar eniga kengaysa, Dushanbe osmonga qarab o‘smoqda. Shahar o‘zini o‘zi yemoqda, o‘zini-o‘zi yo‘q qilmoqda. Markaz –“taun“ni ko‘ring. Bu yerda turar joylar bo‘lishi kerak emas, biroq markaz turar joy binolariga aylanib qoldi“, deydi tarixchi.
Amaldorlar va arxitektorlar Dushanbeda bir nechta o‘n binoni – tarixiy, madaniy va shaharsozlik yodgorliklarini saqlab qolish lozimligini aytishadi. Ularning so‘zlariga qaraganda, qolgan binolar yashash uchun xavfli ekan, bu inshootlarning foydalanish muddati allaqachon tugab bo‘lgan. “Dushanbedagi barcha uylar shaharning chap sohilida. Ikki qavatli, uch qavatli, bir qavatli uylar buzib tashlanishi kerak. Ular seysmologik jihatdan talabga javob bermaydi, ularning ekspluatatsiya muddati allaqachon yakunlangan. Sovet davridagi loyihalarda shaharning markaziy qismidagi uylar buzilishi ko‘zda tutilgan edi. Endi mana shu loyihalar amalga oshirilmoqda“, deydi Shaharsozlik Kengashi a’zosi Vyacheslav Yuldashev.