Dunyodagi eng katta olmos 4,27 million dollarga sotildi
Britaniyaning mashhur “Sotheby's” auksion uyida dunyodagi eng katta olmos 4 million dollardan ko‘proqqa sotildi.
Juda kam uchraydigan Enigma olmosi 3-9 fevral kunlari kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.
Aynan 555,55 karatlik noyob qora karbonado olmos kriptovalyutada 3,16 million funt sterling (4,27 million dollar) to‘lagan xaridorga sotildi. 2006 yilda Enigma Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta kesilgan olmos sifatida kiritilgandi.
— Yerning chuqurligida hosil bo‘lgan ko‘pgina olmoslardan farqli o‘laroq, karbonadlar Yer yaqinida yoki uning yuzasida allyuvial cho‘kindilardan topiladi, — deb tushuntirdi auksion uyi vakili.
Shuni ta’kidlash joizki, bu Afrikaning “Buyuk Yulduzi” (530,2 karat) va “Oltin Yubiley” (545,67 karat)nomli olmoslaridan og‘irroq bo‘lib, u nafaqat dunyodagi eng katta tabiiy rangli qora olmoslardan biri, balki dunyodagi eng katta kesilgan olmos hamdir.
Qora olmoslar taxminan 3,8 milliard yil oldin Yerga kelib tushgan meteorit yoki asteroidlardan hosil bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, bu odatda faqat Braziliya va Markaziy Afrikada uchraydigan noyob tabiiy hodisa hisoblanadi.