Dunyo uzra jaranglagin, ona tilim!
Toshkent davlat stomatologiya institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘zbek tilining davlatchilik tarixidagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, talaba-yoshlar tomonidan g‘azalxonlik qilindi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

– Til davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Rahmonov. – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 33 yil to‘ldi. Bu bayramni g‘urur bilan nishonlash, ana shu ko‘tarinki kayfiyatni, tilimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromimizni yil bo‘yi, umr bo‘yi saqlab qolish har birimizning burchimizdir.
San’atkorlar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

M.Qosimova, O‘zA