Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Hindiston. Ahmadobod shahrida tinmay yoqqan yog‘ingarchilik turli vayrongarchilikka sabab bo‘ldi.

Shveysariya. Joriy yil iyun-iyul oylarida kuzatilayotgan jazirama oqibatida Rona tepaligida bir oy ichida 4 metrdan ortiq muz qatlami erib ketdi. Ekologlar bu holatni iqlim o‘zgarishining jiddiy oqibatlaridan biri sifatida baholamoqda.

KXDR. Pxenyan shahrida Koreya urushi tugatilganining 73 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ham ishtirok etdi.

Ispaniya. Pelayos-de-la-Presa hududidagi o‘rmon yong‘inidan so‘ng San-Xuan suv omborida yong‘indan kuyib ketgan qayiqlar vayron holda qoldi.

Buyuk Britaniya. London shahridagi Richmond bog‘ida kiyiklar to‘lin oy tomon yuzlanmoqda.

Iroq. Najaflik shia vakillari Ashuro kunidan keyingi 40 kunlik motam davri yakunlanishini anglatuvchi Arbain marosimida ishtirok etish uchun Karbalo shahri sari yo‘l olmoqda.

Hindiston. Kashmirdagi Gund hududida ichida 40 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan avtobus jarlikka qulab tushdi.

Yaponiya. Tokio shahrida “All Nippon Airways” (ANA) aviakompaniyasiga tegishli samolyotda “Pokémon” qahramonlari tasviri aks ettirildi. Bu loyiha aviakompaniya va mashhur franshiza hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan.

Fransiya. Lej-Kap-Ferre hududida issiqlik to‘lqini sabab kelib chiqqan yong‘indan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etmoqda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA