Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Turkiya. Sakarya hududida kuchli yomg‘irlardan so‘ng ko‘chalarni suv bosdi.

Avstraliya. Mamlakat favqulodda xizmatlar vakillari Saut-Ballina yaqinida kemaning ag‘darilib ketishi oqibatida bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirmoqda. Hodisa natijasida uch kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Madagaskar. Antananarivoda o‘tkazilayotgan “Savika” nomli an’anaviy buqa kurashi musobaqasida ishtirokchi zebu buqasi shoxini ushlashga harakat qilyapti.

Germaniya. Politsiya tergovchilari Leypsig shahri markazida avtomobil piyodalarni urib ketgan hodisa joyida ish olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu fojia oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jiddiy jarohat olgan.

Xitoy. Xunan provinsiyasidagi mushakbozlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi. Davlat ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, portlash natijasida 21 kishi halok bo‘lgan, yana 61 kishi turli darajada jarohat olgan.

Yaman. Janubiy o‘tish kengashining minglab tarafdorlari kengash tashkil etilganining to‘qqiz yilligini nishonlash Adan shahri markaziy ko‘chasida yig‘ildi.

GFR. Politsiya zobiti Erding mudofaa markazida shovqinni to‘suvchi qurilmani sinovdan o‘tkazmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA