Donald Trampning rafiqasi uning sirini ochdi...
AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp Donald Trampning fikriga har doim qoʻshilmaydi.
AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp Donald Trampning fikriga har doim qoʻshilmaydi. Baʼzan turmush oʻrtogʻiga maslahatlar berib turadi. Soʻnggi qarorni Trampning oʻzi qabul qiladi.
Bu haqda AQSH Prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp "Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
"Yangiliklarni koʻrib borish uchun menda koʻproq vaqt boʻlishini xohlardim, afsuski doim oʻz ishim bilan bandligim uchun buning iloji yoʻq. Ammo, nimalar sodir boʻlayotganini aniq bilaman. Kuzatib bormoqdaman. Men umr yoʻldoshimga haqqoniy masalahatlar berib turaman, oʻz mulohazalarim bilan oʻrtoqlashaman. Baʼzida u fikrimga qoʻshiladi, baʼzida yoʻq. Men ham ayrim vaqtda uning qarashlarini maʼqullamayman. Soʻnggi qarorni esa Tramp qabul qiladi. U buning oqibatlarini biladi, uning tajribasi katta. U jangchi. U har kuni Amerika va Amerika xalqi uchun kurashmoqda”, degan Melaniya Tramp.
AQSHning birinchi xonimi soʻzlariga koʻra, u turmush oʻrtogʻiga agar navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etishga qaror qilsa, gʻalaba qozonishi haqida aytgan.
Men uni bilaman, uning odamlar bilan qanday til topishishini ham bilaman” degan Tramp xonim.
Melaniya shuningdek, AQSHning birinchi xonimiga aylangandan soʻng, unga oson boʻlmayotgani haqida ham soʻzlagan.
"Men shuni aytishni istardimki, bu opportunistlar men yoki oilam nomidan foydalanib komiklikdan jurnalistlarga, yozuvchilarga aylanmoqda, uydirmalar yozmoqda, bu notoʻgʻri. Ularga mish-mishlarga asoslanish yoqadi” degan Trampning rafiqasi.