Donald Tramp yana bir rejasini bekor qildi
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Oq uy rasmiylarining koronavirusga qarshi emlanishi bilan bog‘liq rejani bekor qildi.
Rasmiylar Tramp ma’muriyatining yuqori martabali vakillari Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qiladigan ilk mijozlar qatoridan o‘rin olishini bildirgan edi. Tramp esa ushbu jarayonga o‘zgartirish kiritish Zarur, deb bilmoqda.
Favqulodda holatlarda qo‘llash kerakligi ma’qullangan AQSHda preparat bugundan tarqatila boshlaydi.
"Ushbu vaksina COVID-19dan 95 foizgacha himoya qiladi" - deya ta’kidladi hukumat mas’ullari.
Dastlabki uch million doza ayni payt barcha 50 shtatda o‘nlab manzillarga yetkazib berilmoqda.
Masalan, dastlabki to‘plam yakshanba kuni Michigan shtatidagi muassasadan tarqatildi. Navbatning boshida sog‘liqni saqlash xodimlari va qariyalar turishibdi.
Noyabr oyidan bu yog‘iga AQSHda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi keskin ravishda o‘sib kelyapti. Shanba kuni dunyo bo‘yicha 3309 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumib, bu boradagi aksil rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Hozirgacha ayni ofat faqat AQSHning o‘zida 300 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
Vaksina tarqatilishi esa koronavirus pandemiyasining burilish nuqtasi sifatida ko‘rilyapti.
O‘zA