Dmitriy Peskov: AQSH “noaniq” mamlakatga aylangan
Qoʻshma Shtatlar Suriyadan qoʻshinlarini olib chiqib ketgan taqdirda ham u yoki bu koʻrinishda mazkur mamlakatdagi ishtirokini saqlab qoladi
Qoʻshma Shtatlar Suriyadan qoʻshinlarini olib chiqib ketgan taqdirda ham u yoki bu koʻrinishda mazkur mamlakatdagi ishtirokini saqlab qoladi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiyada chiqadigan Hurriyet Daily News gazetasiga intervyusida shunday fikrni aytdi. Unga koʻra, AQSH “noaniq” mamlakatga aylangan va qoʻshinini Suriyadan chiqarishi ijobiy kayfiyat uygʻotmaydi va Suriya tanazzuliga barham berishda xalaqit beradi.