DIQQAT: 30-martdan televizion darslar boshlanadi
Xalq taʼlimi vazirligidan maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30-mart, dushanba kunidan uchta telekanalda televizion darslar namoyishi boshlanadi.
Xalq taʼlimi vazirligidan maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30-mart, dushanba kunidan uchta telekanalda televizion darslar namoyishi boshlanadi.
Unga koʻra, “Uzdigital TV” abonentlari 1-4 sinf oʻquvchilari uchun televizion darslarni “National Geography Wild” kanalida, 5-8 sinf oʻquvchilari uchun “Eurosport” kanalida, 9-11 sinf oʻquvchilari uchun esa “Oxota i rыbalka“ kanalida koʻrishi mumkin.
Kabel televideniye va IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar oʻrniga namoyish etilishi mumkin.
Shuningdek, videodarslar yer sunʼiy yoʻldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida oʻrnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qoʻshimcha kanallar shaklida 4 ta kanal orqali bepul tarqatilishi tashkillashtiriladi.
Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat qilishi mumkin.









