Dilshod Ro‘zmetov ham Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi
Bokschilarimizning “Tokio–2020” Olimpiya o‘yinlari doirasida bugungi g‘alabali yurishi davom etadi. Bir oz avval Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz dastlabki jangini irlandiyalik Emmet Brennanga qarshi o‘tkazdi. Ro‘zmetovning jang davomidagi ustunligi yakunda hakamlarning ochkolarida ham o‘z tasdig‘ini topib (5-0), vakilimiz musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
Xorazmlik bokschimiz nimchorak finalda ozarbayjonlik Alfonso Lorenga qarshi ringga chiqadi.
O‘zA