Dilnoz Murzatayeva jahon kubogi shohsupasida
San-Salvadorning El-Salvador shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Quvonarlisi, ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilnoz Murzatayeva yarim final bahsida hamyurtimiz Bibimaryam Saparovani, finalda Puerto-rikolik sportchi Voller Del Valle Alanisni yirik hisobda mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, qilichbozimiz Bibimaryam Saparova uchinchi o‘rinni egallab, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA