Diego Simeone Yevropada eng ko‘p maosh oladigan murabbiy
“France Football” nashri joriy mavsumda Yevropada eng ko‘p maosh olayotgan murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
“France Football” nashri joriy mavsumda Yevropada eng ko‘p maosh olayotgan murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi, 48 yoshli argentinalik Diego Simeone yiliga 41 million yevro maosh bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.
Keyingi o‘rinda esa mavsum o‘rtasida "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino bormoqda. U hozir ham "Manchester Yunayted"dan yiliga 31 million yevro maosh oladi.
Kuchli uchlikni esa Terri Anri yakunlab berdi. U garchi “Monako”dan iste’foga chiqarilgan bo‘lsada, klub bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra yiliga 25,5 million yevro maoshga ega.
Eslatib o‘tamiz, Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.