Didiye Desham Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi haqida gapirdi
Jahon chempionatiga borishni xohlaydigan va bunga loyiq bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p.
Fransiya milliy terma jamoasi ustozi Didiye Desham "uch ranglilar"ning Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini qachon e’lon qilishiga to‘xtalib o‘tdi.
"Jahon chempionatiga borishni xohlaydigan va bunga loyiq bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Fransiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi "Lans" va PSJ o‘rtasidagi uchrashuv qoldirilgani sababli 14-mayga qadar e’lon qilinmaydi. Hozir har bir pozitsiya uchun bir nechta variantlarni tanlab qo‘yganman, ammo barchasini ayni vaqtda ma’lum qila olmayman", - dedi Desham.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi amaldagi vitse-chempion hisoblanadi. Ular so‘nggi mundial finalida Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi.