“Devis kubogi”: tennischilarimizni bugun jiddiy sinov kutmoqda
Avval xabar berganimizdek, tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Devis kubog”i II Jahon guruhining ilk bosqichida Hongkong terma jamoasi bilan raqobatlashmoqda.
“Victoria Park Tennis Stadium” majmuasi mezbonlik qilayotgan bahslarning birinchi kunida hamyurtimiz Sergey Fomin mezbonlarning birinchi raqamli tennischisi Koulman Vongga har ikkala setda bir xil 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov esa Fu Vongni 7:6, 6:3 hisobida taslim etib, umumiy hisobni tenglashtirdi.

Bugun, 14 sentyabr kuni Chun Xun Vong/Koulman Vong – Sergey Fomin/Humoyun Sultonov juftliklari o‘zaro raqobatlashsa, yakkalik bellashuvlarida Koulman Vong – Humoyun Sultonov, Fu Vong – Sergey Fomin bahsiga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA