Deputat muammolarga yechim topishga kirishdi
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Bahodir Ma’murov “A.Fitrat” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, aholi muammolarini o‘rgandi va fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim izlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Deputat hududdagi maktab, sport inshootlari va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganib sportchilar tomonidan yoshlarga bir xildagi sport kiyimlarini tashkil qilish taklifini bildirdi. Shuningdek, yig‘inda joylashgan 10-maktab o‘qituvchilari tomonidan maktabning nazoratini kuchaytirish maqsadida kameralar o‘rnatish, zamonaviy oshxona qurish, o‘quvchilarning ma’naviyatini oshirish maqsadida tadbirlar uchun faollar zali tashkil qilish, maktabni yon atrofidagi devorlarni qayta ta’mirlash, maktabni kapital ta’mirga kiritish kabi takliflarni bildirdi.
Bunday uchrashuvlarni doimiy tashkil qilish, aholiga yordam berish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
[gallery-22539]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surati), O‘zA muxbirlari.