Denis Istomin Tailanddagi "yurishi"ni davom ettirmoqda
Tailandda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Nonthaburi 3 Challenger 50" musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin o‘z "yurishi"ni muvaffaqiyatli boshladi.
Denis turnirning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida avstraliyalik Deyn Suinni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi tennischimiz navbatdagi bosqichda yana bir avstraliyalik tennischi Omar Jesikaga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin o‘tgan haftada ushbu mamlakatda o‘tgan turnirning juftlik va yakkalik bahslarida chorak finalga qadar yetib borgan edi.
O‘zA