Denis Istomin “ATR” reytingida yuqoriladi
Tennis bo‘yicha “ATR” va “WTA” tennischilarning yangilangan haftalik reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "ATP" reytingida o‘tgan haftadagi o‘rnidan 25 pog‘onaga yuqorilab, 242-o‘rindan joy oldi. Shuningdek, reytingda Humoyun Sultonov 2, Sanjar Fayziyev 20 pog‘onaga yuqoriladi. Ushbu reytingda Novak Jokovich (Serbiya) 8 875 ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilmoqda.
Afsuski, “WTA” tomonidan ayol tennischilarning yangilangan haftalik reytingida mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o‘tgan haftadagi o‘rnidan 3 pog‘onaga pastlab 271-o‘rinni egalladi. Ushbu jadvalda Sabina Sharpova 540, Akgul Omonmurodova esa 686-o‘rinda qayd etgan.
Hozirda ayollar o‘rtasidagi reytingning eng yuqori o‘rnida avstraliyalik Eshli Barti 8 330 ochko bilan turibdi.
O‘zA