Davlatobodda mahalla infratuzilmasi yangilanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanining To‘quvchi mahallasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mahallada ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, yashil hududlar parvarishlanmoqda. Bolalar va sport maydonchalari, kirish hamda piyodalar yo‘laklari, ariq-zovurlar qaytadan barpo etilmoqda.
Shuningdek, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish va hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning tashqi qiyofasi yangilanib, yangi yashil maydonlar barpo etilmoqda.
[gallery-30218]
Amalga oshirilayotgan ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA