Davlatobodda bolalar shifoxonasi ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Tadbirkor mahallasida 150 o‘rinli bolalar shifoxonasi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov nafaqat tibbiyot sohasi, balki “Yuksalish” massivida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorliklar zamirida odamlarni bugunidan rozi qilishdek, ezgu amallar mujassam ekanligini alohida e’tirof etdi.
[gallery-15936]
Mazkur shifoxonaning umumiy loyiha qiymati 33 milliard so‘mga yaqin bo‘lib, zamonaviy binodagi shart-sharoitlar har qanday kishining havasini keltiradi.
Shifoxona 52 ta palata, 6 ta reanimatsiya yotog‘idan iborat. Fizioterapevtik muolajalar va zararlantirish ishlari yuqori darajada olib boriladi.
Ushbu tibbiyot muassasasida davolanuvchilar uchun uy-maktab-bog‘cha-shifoxona muhiti yaratilgani kichik yoshdagi bemorlarning tezroq sog‘ayishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA