Davlat yer aktivlarini boşqarişda Germaniya tajribasi örganildi
Davlat yerlarining iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalaniş, ularni maqsadli taqsimlaş va boşqaruvda zamonaviy usullarni qöllaş yer resurslarini boşqariş tizimining muhim vazifalaridir. Bu jarayonda yer aktivlarini baholaş, ijaraga beriş va ulardan keladigan daromadni oşiriş mexanizmlari alohida ahamiyatga ega.
Şu yönalişda Germaniyaga amaliy taşrif bilan borgan Özbekiston delegatsiyasi davlat yerlarini boşqarişga ixtisoslaşgan BVVG (Bodenverwertungs- und -verwaltungs GmbH) davlat kompaniyasi faoliyati bilan tanişdi. Mazkur taşkilot qişloq xöjaligi va örmon xöjaligiga tegişli davlat yerlarini boşqariş, ijaraga beriş hamda xususiylaştiriş bilan şuğullanadi.
Taşrif davomida kompaniyaning işlaş tartibi, boşqaruv modeli va Germaniya Federal köçmas mulk agentligi (BImA) hamda boşqa davlat idoralari bilan vazifalar taqsimoti örganildi.
Xususan, yer maydonlarini xatlovdan ötkaziş, ularning bozor va iqtisodiy qiymatini aniqlaş, ijara şartlarini belgilaş, oçiq savdolarni taşkil etiş hamda şartnomalar ijrosini nazorat qiliş amaliyoti körib çiqildi. Germaniya tajribasida yerlarni xususiylaştiriş yagona yeçim sifatida emas, balki ulardan samarali foydalanişga xizmat qiluvçi boşqaruv vositalaridan biri. Bunda yerdan oqilona foydalaniş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikka erişiş muhim sanaladi.
Özbekiston delegatsiyasi yer uçastkalarining kelgusidagi foydalaniş imkoniyatlarini baholaş va ularni tasarruf etişning maqbul usullarini tanlaş masalalariga ham eʼtibor qaratdi. Şuningdek, yer aktivlarini boşqarişda qöllaniladigan VESTA raqamli tizimining funksional imkoniyatlari va amaliyotdagi qöllanilişi bilan tanişiş masalasi kötarildi.
Uçraşuvda BVVG, BImA va boşqa federal taşkilotlar örtasidagi idoralararo muvofiqlaştiriş, davlat yerlari böyiça qarorlar qabul qilişda vakolatlarni taqsimlaş tartibi ham muhokama qilindi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi axborot xizmatiga köra, Germaniyada örganilgan amaliyotlar Özbekistonda davlat yer aktivlarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, yerlarni baholaş va ijaraga beriş jarayonlarini rivojlantiriş, raqamli vositalardan foydalaniş hamda yer resurslarining iqtisodiy samaradorligini oşirişda qöl keladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA