Davlat xizmatlari ko‘rsatish takomillashmoqda
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 702 ming 426 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Shundan davlat xizmatlari markazlari orqali 625 ming 201 ta, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 77 ming 225 ta xizmatlar ko‘rsatilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 8229 ta kichik biznes sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali jami 24 ming 330 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 3625 ta kichik biznes sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA.