Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi tashabbusi bilan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari” mavzusida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Fond tizimida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” mavzusidagi ma’ruza tinglandi. Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olishga, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, xizmat sirini saqlash, adolatlilik, halollik va xolislik kabi xislatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan qonunga oid tushunchalar berildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.