“Davlat boji töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimça kiritilmoqda
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yiğilişida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Yiğiliş avvalida fraksiya rahbari A.Hamzayev yurtimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida röy bergan muhim voqealar haqida söz yuritdi. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişgani, unda partiya yönalişlariga mos qator vazifalar jamlanganiga urğu berildi. Mazkur taqdimotda aytilgan vazifalarning amalga oşirilişi borasida fraksiya tomonidan faol deputatlik nazoratini olib boriş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, 10-11-noyabr kunlari Antaliyada bölib ötgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarning xalqaro ekologik ahamiyati qayd etildi.
Yiğilişda şuningdek, “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga özgartiriş va qöşimça kiritiş haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilarning manfaatlarini közlab sudlarga daʼvo arizalarini kiritişda davlat bojini tölaşdan ozod etiş nazarda tutilmoqda.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda suvdan oqilona foydalaniş maqsadida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmi yölga qöyilgan. Ammo pudrat korxonalari tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalarni örnatişda qurilmalarga kafolat muddati beriş, şuningdek, uşbu texnologiyalarni ekspluatatsiya qilişda servis xizmatlari körsatişda ayrim kamçiliklar yuzaga kelişi sababli, baʼzi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilar tomonidan joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalardan ekinlarni suğoriş mavsumida foydalanmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Qonun loyihasi bilan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilarning manfaatlarini közlab sudlarga daʼvo arizalarini kiritişda davlat bojini tölaşdan ozod etişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Muhokamalar davomida qonun loyihasidagi normalar qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişning huquqiy çoralarini kuçaytirişga, ularning faoliyatida ortiqça xarajatlarning oldini olişga xizmat qilişi alohida taʼkidlandi.
Muhtarama Komilova,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA