Darsliklar birgalikda takomillashtirilmoqda
Toshkent shahridagi 241-umumtaʼlim maktabida "Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida vazirlik boshqarma boshliqlari, Respublika taʼlim markazi mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari, noshirlar, darslik mualliflari, olimlar, ekspertlar ishtirok etdi.
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov taʼlim sifatini yuksaltirishda darsliklarning davr ruhiga mos tarzda takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Taʼkidlash joizki, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi, darslik mualliflari hamda tegishli nashriyot mutaxassislari tomonidan oʻquvchilarni sifatli darsliklar bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-2020 oʻquv yili uchun 1-, 3-, 8-, 9-sinflarga toʻliq toʻplamda, 2-, 4-, 7-sinflar uchun chet tili darslik majmualari, 6-sinf uchun “Fizika”, 7-sinf uchun “Algebra” (ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari uchun) jami 479 nomdagi 36,5 million nusxa darsliklar nashr etilgan boʻlib, “Oʻquv taʼlim-taʼminot" davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari orqali umumiy oʻrta taʼlim maktablariga yetkazildi.
Ahamiyatli jihati, darsliklarga oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik befarq emas. Ular oʻz munosabatlari orqali taʼlim sifatini oshirishga, shuningdek, darsliklar mazmunini yanada takomillashtirish boʻyicha koʻpgina takliflar ham bildirmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi ushbu holatlarni inobatga olgan holda 2019-yil 25-iyundagi buyrugʻi bilan oʻquv adabiyotlarni yaratishda fikr-mulohazalarni inobatga olish, amaldagi adabiyotlarda nuqson va kamchiliklarni aniqlash hamda tuzatish maqsadida uzedu.uz saytida "Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida tanlov eʼlon qilgan edi.
Onlayn tanlovda jami 103 ishtirokchi qatnashib, ular tomonidan 144 taklif elektron manzilga kelib tushdi. Respublika taʼlim markazining fan boʻlimlarida 5-7 nafargacha nufuzli olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari va mualliflardan iborat tuzilgan ishchi guruhi tomonidan baholash mezonlariga amal qilgan holda gʻoliblar aniqlandi.
Unga koʻra, mustaqil jurnalist Sherali Nishonov 213 ball bilan 1-oʻringa munosib topildi. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 8-maktabning rus tili fani oʻqituvchisi Yuliya Musurmanova 81 ball bilan 2-oʻrinni egalladi. Namangan shahridagi 21-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulnoza Xoldorova 58 ball bilan 3-oʻringa loyiq topildi.
– Tanlov eʼlon qilinganidan soʻng 32 darslik boʻyicha tahlil olib borib, ulardagi kamchiliklar, notoʻgʻri maʼlumotlarni belgilab, tegishli takliflar kiritdim, – dedi Sh.Nishonov. – Masalan, bir darslikda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga oid modda sifatida 7-modda, deb berilgan. Aslida esa Konstitutsiyaning 17-moddasida mamlakatimizning tashqi siyosati boʻyicha soʻz yuritiladi. Bu kabi tanlovlar darsliklarningDarsliklar birgalikda takomillashtirilmoqda
Toshkent shahridagi 241-umumtaʼlim maktabida "Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida vazirlik boshqarma boshliqlari, Respublika taʼlim markazi mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari, noshirlar, darslik mualliflari, olimlar, ekspertlar ishtirok etdi.
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov taʼlim sifatini yuksaltirishda darsliklarning davr ruhiga mos tarzda takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Taʼkidlash joizki, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi, darslik mualliflari hamda tegishli nashriyot mutaxassislari tomonidan oʻquvchilarni sifatli darsliklar bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-2020 oʻquv yili uchun 1-, 3-, 8-, 9-sinflarga toʻliq toʻplamda, 2-, 4-, 7-sinflar uchun chet tili darslik majmualari, 6-sinf uchun “Fizika”, 7-sinf uchun “Algebra” (ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari uchun) jami 479 nomdagi 36,5 million nusxa darsliklar nashr etilgan boʻlib, “Oʻquv taʼlim-taʼminot" davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari orqali umumiy oʻrta taʼlim maktablariga yetkazildi.
Ahamiyatli jihati, darsliklarga oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik befarq emas. Ular oʻz munosabatlari orqali taʼlim sifatini oshirishga, shuningdek, darsliklar mazmunini yanada takomillashtirish boʻyicha koʻpgina takliflar ham bildirmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi ushbu holatlarni inobatga olgan holda 2019-yil 25-iyundagi buyrugʻi bilan oʻquv adabiyotlarni yaratishda fikr-mulohazalarni inobatga olish, amaldagi adabiyotlarda nuqson va kamchiliklarni aniqlash hamda tuzatish maqsadida uzedu.uz saytida "Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida tanlov eʼlon qilgan edi.
Onlayn tanlovda jami 103 ishtirokchi qatnashib, ular tomonidan 144 taklif elektron manzilga kelib tushdi. Respublika taʼlim markazining fan boʻlimlarida 5-7 nafargacha nufuzli olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari va mualliflardan iborat tuzilgan ishchi guruhi tomonidan baholash mezonlariga amal qilgan holda gʻoliblar aniqlandi.
Unga koʻra, mustaqil jurnalist Sherali Nishonov 213 ball bilan 1-oʻringa munosib topildi. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 8-maktabning rus tili fani oʻqituvchisi Yuliya Musurmanova 81 ball bilan 2-oʻrinni egalladi. Namangan shahridagi 21-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulnoza Xoldorova 58 ball bilan 3-oʻringa loyiq topildi.
– Tanlov eʼlon qilinganidan soʻng 32 darslik boʻyicha tahlil olib borib, ulardagi kamchiliklar, notoʻgʻri maʼlumotlarni belgilab, tegishli takliflar kiritdim, – dedi Sh.Nishonov. – Masalan, bir darslikda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga oid modda sifatida 7-modda, deb berilgan. Aslida esa Konstitutsiyaning 17-moddasida mamlakatimizning tashqi siyosati boʻyicha soʻz yuritiladi. Bu kabi tanlovlar darsliklarning yanada mukammal boʻlishi yoʻlidagi amaliy qadamdir.
– Darsliklardan xato yoki kamchilik qidirib emas, uni tobora takomillashtirishga koʻmaklashuv nuqtayi nazaridan bu jarayonga yondashdik, – dedi sirdaryolik oʻqituvchi Yuliya Musurmonova. – Bu takliflarning aksariyati inobatga olingani, ulardan pedagoglar ham mamnun ekani diqqatga sazovordir.
Tadbirda tanlovning gʻolib va sovrindorlariga diplom va sovgʻalar topshirildi. yanada mukammal boʻlishi yoʻlidagi amaliy qadamdir.
– Darsliklardan xato yoki kamchilik qidirib emas, uni tobora takomillashtirishga koʻmaklashuv nuqtayi nazaridan bu jarayonga yondashdik, – dedi sirdaryolik oʻqituvchi Yuliya Musurmonova. – Bu takliflarning aksariyati inobatga olingani, ulardan pedagoglar ham mamnun ekani diqqatga sazovordir.
Tadbirda tanlovning gʻolib va sovrindorlariga diplom va sovgʻalar topshirildi.