Dakar yoşlar Olimpiadasi: Özbekistonlik sportçilar start olmoqda
Senegal poytaxti Dakar şahrida 200 dan ziyod davlatning 2 ming 700 nafarga yaqin sportçilari iştirokida yoşlar örtasidagi IV yozgi Olimpiya öyinlari davom etmoqda.
Yoşlar Olimpiadasida mamlakatimizning 19 nafar aʼzosi 11 ta sport turidagi bahslarda vatanimiz şarafini himoya qilişga hozirlanmoqda.
Kuni keça Dakar şahridagi Sportçilar şaharçasida Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining örinbosari Şerzod Toşmatov rahbarligida IV yozgi Olimpiya öyinlarida qatnaşayotgan mamlakatimiz sportçilari va murabbiylari iştirokida ştab yiğilişi bölib ötdi.

Unda delegatsiya aʼzolarining musobaqalarga tayyorgarligi, sportçilarning holati hamda oldinda turgan musobaqalar mundarijasi muhokama qilindi.
Sportçilarimizning musobaqalarda öz imkoniyatlarini töliq namoyon etişi yuzasidan zarur tavsiyalar berib ötildi.
Aytiş lozim, “Dakar-2026” dasturiga muvofiq, 1-noyabrda suziş va dzyudo musobaqalarida sovrindorlar aniqlandi. Dzyudo musobaqalarida iştirok etayotgan hamyurtimiz Jörabek Eşpölatov va suziş bahslarida qatnaşayotgan Muhammadismoil Rahmonov va Parizod Abdukarimova ertaga, 3-noyabrdan bellaşuvlarga kirişadi.
Dzyudoning -100 kg. vazn toifasida bahs olib boradigan Jörabek qurʼa natijasiga köra, saralaş musobaqasida tailandlik Çinon Kanisorn bilan kuç sinaşadi.
Eslatib ötamiz, yoşlar Olimpiadasi musobaqalari 13-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA