"Dakar-2026": Muhammadismoil Rahmonovdan tarixiy natija va ilk medal
Senegal poytaxti Dakar şahrida IV yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlari doirasida suziş böyiça musobaqalar davom etmoqda. Unda Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Muhammadismoil Rahmonov yurtimiz delegatsiyasiga ilk medalni taqdim etdi.
Sportçimiz 200 metrga brass usulida suziş böyiça final bahsida 2:15.79 daqiqa natija qayd etib, bronza medaliga sazovor böldi. Yaponiyalik Iori Miyadzaki 2:12.33 daqiqa bilan oltin, litvalik Domas Vilmas esa 2:13.50 daqiqa bilan kumuş medalni qölga kiritdi.
Mazkur natija nafaqat “Dakar–2026” musobaqasida Özbekiston delegatsiyasi uçun ilk medal, balki mamlakatimiz suziş sporti tarixida yoşlar Olimpiya öyinlaridagi birinçi medal sifatida ham ahamiyatlidir.
Şu tariqa, Muhammadismoil Rahmonov Özbekiston delegatsiyasining “Dakar–2026” öyinlaridagi medallar hisobini oçdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA