COVID-19 vahima kasalligi emas.
"Poytaxtda boʻlayotgan vahima xuddi butun respublika boʻylab tuyuladi-ya".
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq bilan muloqot” guruhi foydalanuvchisi Mansur Abdusattorov tomonidan “Aytishlaricha, ”Arbidol“ 1 millionga chiqibdi qoʻlda (50-60 ming boʻlgan ekan). Oʻzi shu dorining foydasi bormi? Buncha ajiotaj?” degan post joylashtirildi. Bu mavzu ham yurtdoshlarimiz orasida juda katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Mahmuda Qosimova:
- Narxlar oshishiga bir millionga oladigan odamni oʻzi aybdor. Nega sogʻ odam bor immunitetni ham boʻshashtirib bu dorilarni ichyapti, bilmadim.
Jamshid Yoʻldoshev:
- Bor, virusni koʻpaymasligi uchun bloklab turadi. Lekin xalq janjal qilmaslik uchun standartdan chiqarildi. Shu preparatsiz davolansa ham boʻladi. Asosiysi kasal oʻzini oʻzi tuzalaman deb ishonish kerak. Faqat depressiyaga tushganlar virus qurboniga aylanadi.
Muhabbat Nazar:
- Oʻsha pulga baquvvat bozor qilib, immunitetni kuchaytirish kerak. Immuni kuchli insonlarga virus taʼsir qilmaydi. Ichaklar yaxshi ishlashi kerak, koʻp suv ichilsin. Qalampir, chesnok, qatiq koʻproq isteʼmol qilish kerak.
Adham Ismoilov:
- Biz shunaqamiz, oʻz fikriga ega boʻlmagan, kimdir yetaklasa ergashadigan. Oʻz foydasini koʻzlaganlar, oʻtmay qolgan 3-4 xil dorilarini paytdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi deb reklama qilgandi hamma shunga yopishdi qoʻydi. Natijada ajiotaj boshlanib sunʼiy ravishda narxlar oshirib olindi. Yaqinda sigaret chekadiganlarga virus taʼsir qilmas ekan deb chiqdi, maqsadi sigaretni qimmat narxda sotish boʻldi. Agar arbidol bilan Ergoferon shifo qilsa unaqada oʻsha zavodni Amerika yoki boshqa davlatlar koʻchirib olib ketardi. Hozirgi ijtimoiy tarmoqlardagi Reklamalarning hammasiga ham ishonavermang. Chunki ular hech narsadan qoʻrqmay el boshiga tushgan kulfatdan unumli foydalanib qoluvchilardir. Hammani oʻz fikri boʻlsin, har bir narsani tahlil qiling.
Zohid Nizmov:
- Reklama boʻlyapti shekilli 1 millionga koʻtaradi deb. Ijtimoiy tarmoqni kuchidan foydalanib. Qiynalgan odamga oshirib sotish qaytib kelar balkim bunday holat oʻz boshingizga.
Mirvali Umarov:
- Zoʻr dori, gap yuk, oʻzim xam shu doridan ichib tuzaldim, har 8 soatda 2 ta kapsuladan ichiladi! (sutkada 3 mahal). Men olgan vaqtimda aptekada bemalol edi, 80000 soʻmdan! 1 oy oldin!
Shuhrat Tursunov:
- Bir tiyin, foydasi yoʻq arbidolni. Faqat sotish uchun reklama qilingan. Hozir men bitta oʻtmayotgan dorini reklama qilsam tamom shu dorini aptekadan topolmaysiz.
Rixsigul Amonova:
- Bu kunlar ham oʻtib ketar xudo xohlasa. Xalq boshiga kelgan shu kulfatdan foydalanib, shundan foyda koʻraman deb birni mingga urib yotganlar ertaga uyalib qolmasmikin? Yana bilmadim. Ishqilib hammamizni iymonimizdan ayirmasin. Kim doʻst, kim dushman el boshiga ish tushganda bilinar ekan!
Iqboljon Abdujabborov:
- Poytaxtda boʻlayotgan vahima xuddi butun respublika boʻylab tuyuladi-ya?
Gulbahor Masharipova:
- Arbidolni Rossiyada kovidni oldini olish va davolashda man qilishdi. Umuman tasdiqlanmagan preparat. Uni puliga vitaminga boy mahsulotlar yeng. Immunitetni mustahkam qiling.
Saodat Vohidova:
- Azizlarim, birodarlarim sizlarga aytadigan soʻzim shu agar arbidol COVID-19ga qarshi boʻlganida edi muhtaram prezidentimiz arbidolning zavodini har bitta viloyatga bittadan qurib berardi.
Jamol Nizomov:
- Bu yogʻi “yotib qolguncha otib qol” ekanda, shunday qiyin va sinovli vaqtida foyda qilaman deb oʻta qimmat sotib, shu “olib sotar” topganida baraka qilarmikan. Yoʻq aslo, bunday ishlarni qilayotgan “odam”lar rihlat dunyosida yaratganga qanday javob berishar ekan, bundaylar xudodan qoʻrqmas noinsoflardir!
Ota bobolarimiz vahima yarim kasallik deyishgan. «Feyk» manbalarga ishonib, birovning yolgʻonlariga aldanib qolmaylik. Bordiyu Arbidolga oʻxshash ayrim preparatlar COVID-19ga davo boʻlganda edi, butun dunyo hamjamiyati ushbu dori darmonlardan keng foydalanar edi. Xalq boshiga kelgan ushbu ofatdan qutilishning asosiy mezoni - bu qoʻrquvdan, vahimadan xalos boʻlish ekanini teran anglashimiz lozim.
Manija BAHRIYEVA,
jurnalist