Chorak finallar yakunlanib, yarim final juftliklari aniqlandi
Yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi Argentina terma jamoasi bo‘ldi.
Barcha chorak final uchrashuvlari yakunlangach, 2026-yilgi jahon chempionatining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi Argentina terma jamoasi bo‘ldi. Chorak final uchrashuvida argentinaliklar qo‘shimcha bo‘limlarda Shveytsariya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.
Avvalroq, Angliya terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi, ular ham qo‘shimcha vaqtda Norvegiyaning qarshiligini sindirdi - 2:1.
Shunday qilib, jahon chempionatining yarim finalida quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:
Fransiya - Ispaniya (14-iyul);
Argentina - Angliya (15-iyul).
Ikkala yarim final ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finali 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.